Mukammallik sari 14 qadam
Tasavvuf olamiga inson o‘z tafakkuri bilan kirib keladi. Go‘dak ona sutini istaganda, unga talpinadi. Aynan ona suti bolani o‘stiradi, ulg‘aytiradi, rivojlantiradi. Tasavvuf olamiga kirgan shaxs ham bamisoli farzand. Faqat uning tepasida ona emas, Alloh turadi. Inson o‘z irodasi bilan mashaqqatli olamga o‘tarkan, tasavvuf inson tafakkurini o‘stiradi, ulg‘aytiradi, rivojlantiradi, tarbiyalaydi va buning evaziga quvvat, daraja mevasini tatib, mukammallikning yuqori pog‘onasidan o‘rin egallaydi, Haqning suygan bandasiga aylanadi.
Tarixda so‘fiylik tariqatlarining bir qancha yo‘nalishlari vujudga kelgan. Har bir tariqat o‘z g‘oyasi, ilmi, udumi, mukammalligi bilan bir-biridan farq qilgan. Tasavvuf tariqati mashaqqatli, ammo go‘zal va nafis, ezgulik tamoyillariga asoslangan olam bo‘lib, bu maydon mukammallik istaganlar uchun hamisha komillik saltanati bo‘lib kelgan. Tasavvufning tomiri xalqimiz vujudida, qonida bor. Chunki dunyo ilmi, tafakkur beshigini tebratgan buyuk ajdodlarimiz, piru avliyolar aynan bizning yurtimizda, bizning vatanimizda yashaganlar, ijod qilganlar.
Tasavvufning davom etishi o‘lmas an’anadir. Vaqtlar o‘tadi, asrlar o‘tadi. Tasavvuf olami yangi g‘oyalar, buyuk o‘zgarishlar bilan rivojlanaveradi.
Jamiyatimizda Nursafardiyya tasavvuf tariqatining paydo bo‘lishi mukammallik, komillik istaganlar uchun ayni muddaodir. Qolaversa, mukammallik olamini xalqimiz asrlar kutdi. Demak, tarixda oltin zarlar bilan muhrlanib qolgan tasavvuf tariqati asrlar o‘tib tongda ko‘tarilgan quyosh misoli osmonimizda paydo bo‘ldi. Bu omad quyoshi, baxt quyoshi, sog‘lik-salomatlik, poklik, komillik va mukammallik quyoshidir. Yurtimizda ilmu irfon donolari bisyor. Xo‘sh, nega aynan Nursafardiyya buyuk g‘oyalarga intilmoqda? Bu ilohiy ilhomning mevasidir. Quvvati, darajasi bunga imkon berdi.
Nursafardiyya tasavvuf tariqatining mazmuni, g‘oyasi, mohiyati, tarixi, zamon va kelajak tamoyillariga javob bera oladi. Demak, bu har tomonlama teran tariqat ekan, tasavvuf olamida uning g‘oyalari beqiyos bo‘lib qolishiga shubha yo‘q. Chindan ham, bunday yangi tariqat, mukammal tariqat yurtimiz, qolaversa, jahon sahnasida olamshumul voqeadir.
Nursafardiyyaning asl maqsadi mukammallik, mukammallik va yana mukammallikdir. Xo‘sh, mukammallikning o‘zi nima? Unga qanday erishish mumkin?
Bu o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu yo‘l barcha uchun ochiq emas. U faqat o‘z ustida to‘xtovsiz, g‘ayrat bilan, fahm-farosat, axloq, intilish asosida ishlay oladigan insongagina b?riladi.
Alloh bizni yaratibdiki, ichki quvvatiy markazlarga, organlarimizga aniq ozuqa, ilm, quvvat talab qilib qo‘ygan. Demak, mukammallik - bu o‘sha ozuqa, ilm darajasini yuqori qilgan holda kerakli joyiga kerakli narsani o‘z vaqtida yetkazib, tana ko‘zasini oltin xabarga to‘ldirish bilan barobardir.
Ushbu yo‘ldan bormoqchi bo‘lgan mukammallik istovchilar uchun Nursafardiyyaning «Mukammallik sari o‘n to‘rt qadam» amaliy dasturi mavjudki, biz quyida shu qadamlar haqida qisqacha ma’lumot b?rib o‘tmoqchimiz.