So'fiy jang san'ati haqida hikoyalar
Muallif: Ulug‘bek Kushkarov Joylashtirish vaqti: 2010-11-21 |
1-hikoya Otam meni qilich tig‘i san’atini egallashga o‘qitish maqsadida Samar Tarxon otliq qilichbozlik ustasini taklif qildi. O‘sha paytga qadar men qilichni ishlata bilsam-da, biroq uni kerakli darajada egallamagan edim. Mashg‘ulotlarning birinchi kunida Samar Tarxon o‘zi bilan bir quloch arqon olib keldi-da, uning bir uchi bilan o‘ng qo‘limni tanamga bog‘lab qo‘ydi va shunday dedi: «Temur, endi sen faqat bir qo‘lli, ya’ni faqat chap qo‘li bor odamsan». So‘ngra u jang maydonida yakkama-yakka olishuv chog‘ida dushman, odatda, raqibining aslaha ushlab turgan aynan o‘ng qo‘lini safdan chiqarishga harakat qilishini tushuntirdi. O‘ng qo‘l bilan chopishishga o‘rgangan odamning birgina qo‘lini safdan chiqarish uchun kamon o‘qining tegishi yoxud nayza bilan urishning o‘ziyoq yetarli bo‘ladi (kifoya qiladi). 2-hikoya Mening qo‘llarim va panjalarim yetarli darajada baquvvat bo‘lsa-da, Samar Tarxon tig‘ bilan zarba berish uchun tanadagi bor kuchni ishga solish lozimligini (ya’ni zarbani qo‘l bilan emas, balki butun tanadagi kuch bilan berish) yoinki bu zarba hatto suyak to‘qimasini ham chopib o‘tishi kerakligini uqtirardi. Men o‘sha daqiqada xuddi shunday zarba berish uchun uni butun tanadagi bor kuchim bilan berdimki, tig‘im o‘sha odamning to‘qimasini va bo‘yin umurtqasini silliq kesib o‘tdi va uning boshi yerga yumalab ketdi. Kesilgan yirik tomirdan qon favvoradek otilib chiqdi. U shunday kuch bilan otilardiki, xuddi amir Yaxmakning katta hovuzidagi favvoraga o‘xshardi... |
Hajm: 954 kb |