Mendagi men - sizlik. 1-kitob
Muallif: So’fiy-Tabib Nursafardiy Joylashtirish vaqti: 2011-12-01 |
Dedimki, maning manligim manda emasdur va maning mavjudligimda bandaligim o’zimga begonasifat vo ajab, dunyo ilkiga tushding, ki mandagi holat ichra hol sanda emasdur. Mening menligimni anglamoq mushkul. Mankim, umrim davomida Iloh ishqi bilan yashadim va poklangan qalbim saroyidagi zikrim javohirlari bilan uning bebaho lazzatini his qilganimdan so’ng mukammallikning mutloq darajasini anglatib turuvchi ilohiy olamning tub- tubiga intilib bordim. Bu holat mendagi menligimdan butunlay ayirgan holda inon ixtiyorim Ilohning ixtiyoriga o’tdi. Angladimki, butun umr qilgan ibodatlarim meni Iloh saltanatining shohsupasi tomon eltayotgan edi. |
Hajm: 133 kb |