Ilohni o’zlikda, ibodatda, riyozatda izlayman
Muallif: So’fiy-Tabib Nursafardiy Joylashtirish vaqti: 2012-02-10 |
Najot izlab Haqqa iltijo qildimki, sabrim sarhadidagi mashaqqatlarim evaziga ilohiy kamol topsam. ******************************* Umidim uldirki, umrim davomida qilayotgan ibodatlarim samarasi ilohiy jamolu jalolga erishurman. ******************************* Rohat nadir desalar, dedimki fano nafsidan yuz burmoq istagi orqali baqoning ilohiy zikrlari, marvaridlarini ibodat ila termoqdir. ******************************* Sabrim sarhadida sobitqadam turmog’imning samarasi ilohiy ishq nashidasi va aning rohati qalbda jo bo’lishi bilan ikki dunyo saodatiga erishmog’im ne’matidir. ******************************* Arshning a’losi qalbning marvaridi bo’lsa ilohiy jamolu jalolning nashidasi fanoda namoyonlik belgisida ko’ringay. Foniy ichra inson sabr etagidan tutsa bas va ibodatning asl ko’zgusi orqali ilohiy jamolu jalol qalbda namoyondir... |
Hajm: 448 kb |