Notice: Use of undefined constant arts_add - assumed 'arts_add' in /home/admin/domains/nursafardiyya-sufism.com/public_html/uz/view_data.php on line 85
Bir shingil hikmatim bor

TOIFALAR

QATRON

SHOGIRDLARNING SHARXLARI

NURSAFARDIYYA
ISH FAOLIYATI

QIDIRUV

HAMKORLAR

Bir shingil hikmatim bor

Muallif: So’fiy tabib Nursafardiy

Joylashtirish vaqti: 2012-05-04

Ey farzand, anglagilki fatan ishqisiz vatanparvarlik tuyg’usini yuksaltirib bo’lmas. Kindik qoning to’kilgan ona tuprog’ingni qadriga etmoqni har dam odat qilgil. Har bir nafasingda elning manfaati, qadamingda millating shijoati jo’sh ursin. Ollohning nazari tushgan ona tuprog’ingni ko’zingga surtgilki, bunday jannatmisol yurtni o’zga maskandan topolmassan.

Turkiston turkiylari Turondamiz, Turonda, Ko’ksingizga quyoshning nuri tegmish bu onda... Buyuk kelajagimiz bunyod etib mardona, Ilmga zeb beraylik, jannat O’zbekistonda.

Ey farzand, anglagilki tarixda yashab o’tgan buyuk ajdodlaringni ruhi hamisha sen bilandir. Ularning ruhiy quvvatlarini hamisha his qilgan holatda mardlik va mardonalik hislari bilan vataningni, millatingni himoya qilishga hamisha tayyor turgil. Unutmagilki, sening tarixiy ajdodlaringni buyuk o’tmishi sening buyukligingni anglatmoqdaki, o’z shijoat va matonating bilan bunday bebaho an’analarni davom ettirishni odat qilgil...

YANGILANISHLAR

MAHSULOTLAR

Media-mahsulotlar pochta orqali

SAYT XARITASI

STATISTIKA