Zo'rmergan - engilmas ilohiy jangchi
Muallif: So'fiy-tabib Nursafardiy Joylashtirish vaqti: 2009-09-03 |
Raqsga hamma tushaverganidek, tevalashishga ham hamma qodir, ammo ikkalasining ham o'z mutaxassisi bo'lgani ma'qul... Ushbu kitobimni Markaziy Osiyo hududida ilk bor jang tizimini mukammal darajaga etkazgan Xoliqul (Zo'rmergan)ga va uning yo'lini o'z hayot tarzi sifatida tanlagan yoshlarimizga bag'ishlayman. **** Podsho boshqacha bir ovoz bilan so'radi: - Bir o'zing urdingmi bularni? - Ha, bir o'zim urdim. Oltovini ham bog'lab olishga qurbim etadi. - Men bularning har birini bir qo'y bilan boqaman-ku?! - To'g'ri, ular qo'y eyishga zo'r, ammo jang bularning ishi emas. - Xoliqul. Podsho biroz o'ylab turdi-da, so'ng yo'g'on ovozda buyruq berdi: - Kimki bundan buyon buni Xoliqul desa, og'zidan qo'rg'oshin quydiraman. Uning ismi endi Zo'rmergan. Unga Zo'rmergan ot qo'ydim. Davrada bir zum sukunat cho'kdi. So'ng podsho Zo'rmerganga qarab o'z so'zini davom ettirdi: - Sen, Zo'rmergan, endi mening askarlarimga jangdan saboq berasan. Qo'riqchilik vazifasi ham senga o'tadi. Zo'rmergan miyig'ida kulib qo'ydi. |
Hajm: 439 kb |