Globalizm. Taraqqiyot va tafakkur doirasidagi muhim muammolar
Muallif: So’fiy-tabib shayx Nursafardiy Joylashtirish vaqti: 2010-07-15 |
Bismillahir rahmanir rohiym Bizkim, insoniyat xili Yaratuvchimiz Haq subhonahu va taoloning marhamati ila, oliy ong va tafakkur maqomida dunyo tamadduniga baholi qudrat hissa qo'shdikkim, ushbu tamaddun asosining ba'zi negizlarida uning salbiy xususiyatlari ko'rinib qolmoqda. Bu holat esa, global muammolarning yuzaga kelishida sabab bo'lgan tarzda insoniyat tafakkur tanazzulini vujudga keltirdi. Dunyo iqtisodiy tanazzuli ro'y berganda insoniyat ushbu vaziyatni jimgina kuzatdi. Biz global muammolar jarayonini sabr bilan kuzatdik. Fikran tahlil qilsak, ushbu muammolar zamirida insoniyat tafakkurining tanazzulga yuz tutayotgani ko'rinib qolmayaptimi? Ba'zan biz ko'zimiz oldida namoyon turgan xaqiqatni tan olgimiz kelmaydi. Biz yigirmanchi asrda nima qildik, nimalar qildik va yigirma birinchi asrda nimalar qilayapmiz? Xulosa shundan iboratki, insoniyat buyuk tamaddunni boshidan kechirmoqda. Texnik taraqqiyot insoniyatni oliy maqomga ko'tardi. Mashina, kom'pyuter, telefon, murakkab mexanizmlar va hokazo. Biz zo'r yashamoqdamiz. Mana insoniyatning ayni haqiqatdan yiroq ojiz xulosasi. Shu o'rinda savol tug'iladi. Biz dunyoviy kashfiyotchilar, ixtirochilar har bir yaratilajak kashfiyotning ko'rinmaydigan salbiy tomonlari mavjudligini his qilayappmizmi?... |
Hajm: 289 kb |